Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16792 marta o'qildi

Asosiy tushuncha
  • chakana savdo - aholiga tijorat maqsadida foydalanish huquqisiz naqd pulga donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorda sotish faoliyatini amalga oshirish;
  • savdo obyekti - mulkchilik shaklidan, sotuv hajmidan, inshootning o‘lchami va hokazolardan qat’i nazar, tovar va xizmatlarni sotishga mo‘ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot;
  • savdo zali - tovar ommaviy ofyertasiga va/yoki tovar chakana oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga mo‘ljallangan savdo obyekti maydoni;
  • sotuvchi -  savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va oldi-sotdi shartnomasining bir tomoni sifatida ish ko‘ruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs);
  • sotuvchi-xodim - sotuvchi nomidan ish ko‘ruvchi va tovarni bevosita sotuvchi yoki iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi shaxs.

Chakana savdo obyektlari:
  • bozor;
  • gipyermarkyet;
  • supyermarkyet;
  • savdo markazi;
  • savdo kompleksi;
  • univyersam;
  • univyermag;
  • minimarkyet;
  • oziq-ovqat do‘koni;
  • ixtisoslashtirilgan do‘kon;
  • palatkalar;
  • lotoklar;
  • avtodo‘konlar;
  • pavilьonlar;
  • kioskalar;
  • laryoklar.

Oziq-ovqat mahsulotida ko‘rsatiladigan ma’lumotlar:
  • oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kiradigan ingredint nomi, solinadigan qo‘shimcha masalliqlar;
  • oziqlik qiymati (kaloriyaliligi, oqsil, yog‘, uglevod, vitamin, mikroelementlar mavjudligi), og‘irligi va myetrik birliklardagi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • qo‘llaniladigan sohasi (bolalar, davolash-profilaktika, oziq-ovqat mahsuloti va parhez taomlar va boshqalar uchun);
  • tayyorlash usuli va sharti (konsentrat va yarim tayyor mahsulotlar uchun) va qo‘llanilishi (bolalar, davolash-profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun);
  • muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotning tayyorlovchi korxonalarda syertifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • saqlash shartlari;
  • tayyorlangan sanasi;
  • kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoizligi;
  • tamaki mahsuloti qutisi (o‘rami) old tomoni asosiy maydonining kamida qirq foizini va orqa tomonidagi asosiy maydonning kamida 40% egallaydigan, shuningdek alkogolli mahsulot idishi etikyetkasi asosiy maydonining kamida 40% egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.

Oziq-ovqatlarni tortib (o‘lchab) sotish tartibi

Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nuri va yog‘ingarchilikning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siriga uchraydigan holatda, tovarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tortib sotiladigan tovarni sotishda temir-tyersak, chiqindilar, uvoqlar standartlarda belgilangan yo‘l qo‘yiladigan normalardan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Tovarlarni qadoqlab sotish

Yaroqlilik muddati qisqa bo‘lgan tovarlarni qadoqlash hajmi savdoning bir kunida sotiladigan hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Qadoqlangan tovar o‘ramiga etikyetka yopishtiriladi, unda nomi, tayyorlovchi korxona yoki tayyorlovchi mamlakat nomi, bir birligi bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchi tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi.

Og‘irligi o‘ramda ko‘rsatilgan, tayyorlovchi tomonidan qadoqlangan va o‘rab-joylangan oziq-ovqat tovarlarini sotishda ular qo‘shimcha ravishda tarozida tortilmaydi.

Tovarni bepul o‘rash

Tortib sotiladigan oziq-ovqat tovarlari xaridorga o‘ralganligi uchun qo‘shimcha haq undirilmaydi.

O‘rashda davlat standartining majburiy talablariga muvofiq va ruxsat berilgan materiallardan foydalaniladi.

Tortib sotiladigan oziq-ovqat tovar narxi nyetto og‘irligi bo‘yicha belgilanadi.

Go‘sht-sut va boshqa mahsulotlarni sotish

Xaridorning iltimosiga ko‘ra sotuvchi-xodim gastronomiya tovarini kesilgan holda sotishi mumkin.

Go‘sht-sut, baliq, qandolat mahsuloti (biskvit tort, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulot, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlari faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar bo‘lganda sotishga ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha oziq-ovqat tovarlari sotish

Oziq-ovqatga qo‘shiladigan 10% ortiq konsentratsiyali sirka kislotasini chakana savdoda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oziq-ovqat tovarlari chakanalab sotiladigan joylarda qo‘shimcha oziq-ovqat tovarlari sotilishi va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.

Qo‘shimcha tovarlar bilan savdo qilish va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablari bilan belgilangan oziq-ovqat tovarlari sifati yomonlashishiga va xavfsizligiga hamda ularni sotish sharoitlari yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.

Sotib olish

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslardan oziq-ovqat tovarlarini qabul qilib olish (qishloq xo‘jaligi mahsulotidan tashqari) taqiqlanadi.

Non mahsulotlarini sotish

Non mahsulotlari sotiladigan savdo korxonasi ish soatlarida ro‘yxatdagi non va non-bulka mahsulotlari bo‘lishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan non do‘konining savdo zalida yoki non mahsuloti savdosi bo‘limida ko‘rinarli joyga mahsulot tayyorlovchi, olib kelish jadvallari, non mahsulotlarini sotish muddatlari, parhezbop non mahsulotlari va yangi turdagi mahsulot xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lishi lozim.

Non sotish va saqlash uchun mo‘ljallangan joy quruq va shamollatib turiladigan bo‘lishi kerak.

Non mahsuloti savdo obyektlarida maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun cho‘tka va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, non mahsulotlarini elektron tijorat shaklida sotish holatlari bundan mustasno.

Savdo obyektida dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lishi shart.

Non mahsulotlarini qabul qilish va tashish

Non mahsulotlarini qabul qilishda sotuvchi mahsulot sifatini organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, har bir mahsulot vaznining mahsulot aniq turi uchun amalda bo‘lgan normativ hujjatlarga muvofiqligini tekshirishi lozim.

Buzilishlar aniqlanganda mahsulot tayyorlovchiga qaytaradi.

Etkazib beruvchining ilova hujjatida ushbu tovarlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi lozim.

Non mahsulotlari faqat ularni tashishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan avtomashinalarda tashiladi.

Non mahsulotlari bilan birga qandolat mahsulotlarini sotish

Ixtisoslashtirilgan, firma non-qandolat do‘konida va boshqa do‘konning non bo‘limida non mahsulotlari va qandolatchilik mahsulotlaridan tashqari:

  • shakar;
  • choy;
  • kofe;
  • kakao;
  • un;
  • yorma;
  • makaron mahsulotlari;
  • bolalar ovqati uchun quruq mahsulotlar;
  • oziq-ovqat konsentratlari sotilishi mumkin.

Kafyetyeriyga ega bo‘lgan do‘konlarda issiq ichimliklar (choy, kofe, kakao, sut) shu jumladan o‘zlari ishlab chiqargan xamir va qandolatchilik mahsulotlari sotilishi mumkin.

Non mahsulotlarini bo‘laklab sotish

Xaridorlar xohishiga ko‘ra og‘irligi 0,4 kg va undan ortiq bo‘lgan non mahsulotlari (o‘ralganlaridan tashqari) 2-4 ta teng bo‘laklarga kesilishi va tarozida tortilmasdan sotilishi mumkin.

Sifatsiz non mahsulotlarini sotish oqibatlari

Amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan va noto‘g‘ri saqlash tufayli buzilgan non mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

Non mahsulotlari savdo obyektlarida noto‘g‘ri saqlanganligi tufayli buzilganligi uchun savdo obyektlari javob byeradi.

Xaridorlarga non mahsulotlari, maxsus anjom qo‘llanilmaganda, maxsus qo‘lqoplar (polietilen qo‘lqoplar yoki boshqa qo‘lqoplar) vositasida berilishi mumkin.

Sifatsiz (g‘arch-g‘urch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non mahsulotlari sotilganda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko‘ra sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak.

Xaridorlar qaytarib bergan non mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.

Non mahsulotlari zarur sifatsiz bo‘lmaganda sotish muddatlari doirasida almashtiriladi.

Non mahsulotlari zararlanishi va ulari yo‘q qilish

Non mahsulotlarini saqlash va sotish jarayonida ularda kartoshka kasalligi belgilari aniqlanganda sotuvchi bu haqda mahsulot yetkazib beruvchiga darhol xabar berishi kerak.

Zararlangan mahsulotlar sotuvdan chiqariladi va yo‘q qilinadi. Non mahsulotlarida kartoshka kasalligi mavjudligi va ularning yo‘q qilinganligi haqidagi dalolatnoma tuziladi.

Kartoshka kasalligi mavjud bo‘lgan mahsulot saqlangan tokchalar, shkaflar, lotoklar, idishlar kartoshka kasalligining oldini olish bo‘yicha belgilangan tartibda zararsizlantiriladi.

Chat