Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 44975 marta o'qildi

Men 2 yoshli farzandim bilan chet elga borishim kerak. Yosh bolalarga chet elga chiqish pasportini olish uchun to‘lov miqdori va tartibi qanday?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018-yildagi 4079-son qaroriga asosan, chet elga chiqish biometrik pasportlari quyidagi muddatlarga beriladi:

  • tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha – 2 yilga, bir yoshdan 25 yoshgacha – 5 yilga, 25 yoshdan oshganlarga – 10 yilga muddatga beriladi.

✅ Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirganlik uchun, to‘lovlar miqdori:

  • 16 yoshgacha bolalarga – bazaviy hisoblash miqdorining 80% miqdorida
  • 16 yoshdan kattalarga – bazaviy hisoblash miqdorining 120% miqdorida.

✅ Voyaga etmagan bolalarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashitirish uchun ota-onani yozma roziligi shart.

Konsullik ro‘yxatida turuvchi, chet elda yashovchi fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini olish tartibi qanday?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 49-sonli qaroriga ko‘ra, fuqarolarga xorijga chikish biometrik pasportini berish:

  • xorijdagi konsullik muassasalari;
  • Tashki ishlar vazirligining Konsullik-huqukiy departamenti;
  • Tashki ishlar vazirligining Qorakalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

✅ Konsullik muassasalari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini quyidagi fuqarolarga rasmiylashtiriladi:

  • xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchilar;
  • O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan va 6 oydan ko‘p muddatga xizmat safari, o‘qish, davolanish, kontrakt bo‘yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik chiqqan xamda konsullik ruyxatida turganlarga.

✅ Pasport olish haqida tegishli idoralarga murojaat qilinganda, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab, O‘zbekiston hududida - 10 kun muddatda, xorijda esa – diplomatik postga jo‘natilish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.

Qanday xolatlarda fuqaro harbiy xizmatdan ozod etilishi mumkin?

Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslar qo‘yidagi xolatlarda harbiy xizmat o‘tashdan ozod etiladi:

  • salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
  • yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
  • ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.

Xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugashidan qancha vaqt oldin almashtirishi mumkin?

✅ O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lgan taqdirda almashtirishi mumkin.

Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

✅ Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • belgilangan shakldagi iltimosnoma;
  • qabul kiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi;
  • milliy pasport yoki fuqaroligi yuq shaxs uchun hujjat;
  • uy-joy egasining vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga yozma roziligi va uy-joyga bo‘lgan huquqini belgilovchi hujjatlar;
  • davlat boji to‘langanligi hakida kvitantsiya (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat boji to‘lashdan ozod etilganlar, bundan mustasno).

Pasport uchun ro‘mol o‘rab suratga tushish mumkinmi?
  • Agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

Chat