Quyidagilar FHDYo organlari hisoblanadi:
- tumanlar va shaharlar FHDYo bo‘limlari, shuningdek, nikoh uylari;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining idoraviy FHDYo arxivlari.
FHDYo organlari yozuvlarni tuzish orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, ikki nusxada tuziladi va FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
► Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDYo organi o‘n besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.
FHDYo harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.