Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12729 marta o'qildi

Jinoyat kodeksida ayollarga nisbatan jinoiy jazolarni qo‘llashda bir qator cheklovlar mavjud.

Majburiy jamoat ishlari va axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan nisbatan tayinlanmaydi.

Uzoq muddatga va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolari ayollarga nisbatan tayinlanishi mumkin emas.

Homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni engillashtiruvchi holat deb topiladi.

Chat