Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 67608 marta o'qildi

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar.

Arzon uy-joylar — Dasturlar doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylar.

Kam ta’minlangan oila — «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila.

Arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili quyidagi tartibda ajratiladi:
  • I toifaga kiradigan tumanlarda — bittadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
  • II toifaga kiradigan tumanlarda — ikkitadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
  • I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida — oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
  • II toifaga kiradigan shaharlarda — o‘ntagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
  • 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
  • ko‘p qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan.

Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan shakl bo‘yicha so‘rovnoma-ariza va hujjatlarni taqdim etadi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash mezonlari:
  • ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yo‘qligi va turar-joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
  • boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
  • ko‘p bolalilik;
  • ariza beruvchi oilasining daromadi;
  • ijtimoiy xususiyatiga ko‘ra alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlashmasining xulosasi asosida);
  • ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
  • ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv. metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
  • birinchi guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz ayollar;
  • yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi ma’lumotnomasi va tibbiyot birlashmasi xulosasi asosida).

  • Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha Komissiya ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining filiallariga taqdim etish uchun yozma tavsiya beradi.
  • Agar yozma tavsiya berish rad etilganda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga 1 ish kuni mobaynida yozma shaklda xabarnoma yuboradi.

Ipoteka kreditini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
  • yozma tavsiya;
  • kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
  • talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning pasporti nusxasi;
  • talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • dastlabki badal jamg‘arma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.

Chat