Qarorga ko‘ra, 2024-yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida respublikada o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoa a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha (temir yo‘l va aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1 sentyabrgacha chegirmalar joriy etiladi.