Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10048 marta o'qildi

Perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma bola o‘lik tug‘ilganda yoki hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) hollarda tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosi tomonidan to‘ldiriladi.


Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lib, tirik tug‘ilganlik mezonlaridan hech biri mavjud bo‘lmasa, bola o‘lik tug‘ilgan hisoblanadi.

  • O‘lik tug‘ilgan bolani tug‘ilishini qayd etish perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma asosida faqat tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida amalga oshiriladi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi alfavit daftariga kiritiladi.

Vakolatli organ: tibbiy muassasalar va sud-tibbiy ekspertiza byurolari.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • shifokor tomonidan patologoanatomik tekshiruv natijasi bo‘yicha tuzilgan xulosa;
  • onaning homiladorligi va tug‘ruq davridagi kasalliklari, bolaning kasalliklari haqidagi ma’lumotlari ko‘rsatilgan tibbiy hujjatlari (tug‘ruq tarixi, chaqaloqni rivojlantirish tarixi).

Xizmat uchun to‘lov: bepul.

Chat