Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1927 marta o'qildi

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning  texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Tuman (shahar) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar keyingi yil uchun muhtoj shaxslar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalar hamda nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslar)ning ro‘yxatini shakllantirish orqali ularni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlaydi.

Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining (TIEK) yoki Tibbiy-maslahat komissiyasining (TMK) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi asosida beriladi.

Bunda tibbiy xulosalar muhtoj shaxslarning doimiy yashash joyi bo‘yicha:

  • a) pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga TMK tomonidan;
  • b) 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga — Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (PTIEK) tomonidan;
  • v) 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga — TIEK tomonidan beriladi.

18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolaga qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida, 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironligi bo‘lgan shaxsning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.

TIEK va PTIEK tomonidan shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola deb topish bo‘yicha xulosa berish jarayonida ular muhtoj shaxs deb topilganda bir yo‘la protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga tibbiy xulosa rasmiylashtirib beriladi.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun sertifikat rasmiylashtirish.

Birinchi marta murojaat qilgan muhtoj shaxslarga sertifikat rasmiylashtirish muddati murojaat qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi lozim. 

  • Muhtoj shaxs sertifikat asosida o‘zi tanlagan tashkilotga murojaat qiladi. 
  • Sertifikatning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan yil uchun haqiqiy hisoblanib, keyingi yil uchun amal qilmaydi.
  • Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tayyorlash va etkazib berishning so‘nggi sanasi har yilning 20 dekabridan kechikmasligi lozim. 
Chat