Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7039 marta o'qildi

 

O‘zbekiston Respublikasidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarilgan va RFga O‘zbekistondan RFga doimiy yashash uchun jo‘nab ketish varaqasi asosida mamlakatdan chiqqan fuqarolar, RFning Markaziy federal okrugida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish va doimiy ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
  • ariza-anketa;
  • doimiy konsullik ro‘yxatga olish kartochkasi;
  • pasportning asli + belgilarga ega bo‘lgan betlaridan nusxa;
  • O‘zbekistondan RFga doimiy yashash uchun jo‘nab ketish varaqasi; 
  • yashash uchun guvohnoma, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, vaqtincha registratsiya + belgilarga ega bo‘lgan betlaridan nusxa;
  • pasport yo‘qolganligi to‘g‘risida xorijiy mamlakat vakolatli organlarining ma’lumotnomasi (pasport yo‘qolgan holatda);

konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida kvitantsiya:

  • xorijga chiqish pasporti berilganligi uchun – 170 AQSh dollari;
  • pasport olish uchun kechikib murojaat qilganlik uchun xar o‘tkazilgan (to‘liq bo‘lmagan xam) kalendarь yili uchun -  50 AQSh dollari;
  • xorijda pasport yo‘qotganlik uchun – 70 AQSh dollari;
  • pasportni yaroqsiz holga keltirish uchun – 50 AQSh dollari.
  • konsullik ro‘yxatiga olish uchun – 40 AQSh dollari.

Izox: xorijga chikish pasportiga noto‘g‘ri ma’lumot kiritishni oldini olish maqsadida qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlar so‘rab olinishi mumkin: tug‘ilganlik va nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma.

Voyaga etmagan shaxslar va 16 yoshga to‘lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, O‘zbekiston Respublikasidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarilgan va ota-onasining RFga O‘zbekistondan RFga doimiy yashash uchun jo‘nab ketish varaqasiga kiritilgan va uning asosida mamlakatdan chiqqan fuqarolar uchun xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish doimiy ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • ariza-anketa;
  • doimiy konsullik ro‘yxatga olish kartochkasi;
  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma asli va nusxasi;
  • biopasportning asli va nusxasi agar mavjud bo‘lsa;
  • ota-onasi pasportlarining asl nusxasi + belgilarga ega bo‘lgan betlaridan nusxa va jo‘nab ketish varaqasining nusxalari; ota-onalardan birining o‘lim haqidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma, nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqida sud qarorining ko‘chirmasi, vakolatli organlardan ota-onalardan birining bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bola yolg‘iz onaning qaramog‘ida ekanligini tasdiqlovchi hujjat va nusxasi;
  • ota-onalari va farzandning yashash uchun guvohnomasi, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, vaqtincha registratsiya, ma’lumotnoma;
  • ota-onalardan biri xorijiy davlat fuqarosi bo‘lsa, uning bola xorijga chiqish pasportini olishiga e’tirozi yo‘qligi haqida notarial tasdiqlangan arizasi;
  • O‘zbekistonda doimiy yashaydigan ota-onalardan birining notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to‘lmagan shaxs RFga ota-onalardan biri bilan doimiy yashashga chiqqan bo‘lsa);
  • hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
  • haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya.

Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yohud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish pasporti almashtirilayotganda fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.

Diqqat! Fuqarolar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga turish va xorijga chiqish pasportini olish uchun Elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida yoki konsullik interaktiv hizmatlar veb-portalida (www.consulate.mfa.uz) joylashtirilgan anketaning elektron shaklini oldindan to‘ldirish interaktiv xizmatidan foydalanishi mumkin.


O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yhatdan o‘tgan, RFning Markaziy federal okrugida hududida qonuniy asosda bo‘lgan va o‘qiyotgan, xizmat safarida bo‘lgan, mehnat faoliyatini vaqtinchalik ro‘yhatga olish, yashash uchun ruhsatnoma va mehnat qilish huquqini beruvchi ruhsatnomalar – patent, mehnat shartnomasi asosida amalga oshirayotgan, tibbiyot muassalarida davolayotgan va oilasi bilan birlashish maqsadida xorijda olti oydan ortiq muddatda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish va vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • ariza-anketa;
  • vaqtincha konsullik ro‘yxatga olish kartochkasi;
  • pasportning asli + belgilarga ega bo‘lgan betlaridan nusxa;
  • oliy o‘quv yurtida o‘qiydiganlar uchun - o‘qish joyidan o‘qish muddatlari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma, talabalik guvoxnomasi, reyting daftarchasi, migratsiya kartochkasi, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, registratsiya + nusxa;
  • xizmat safarida bo‘lganlar uchun – xizmat guvohnomasi, xizmat safari guvohnomasi, xizmat safariga yuborilgan to‘g‘risida buyruqdan ko‘chirma + nusxa;
  • mehnat faoliyatini amalga oshirishga kelganlar uchun - migratsiya kartochkasi, vaqtincha yashashga ruxsatnoma (RVP), yoki vid na jitelьstvo (VNJ), mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma — patent hamda mehnat shartnomasi, registratsiya + nusxa;
  • tibbiyot muassasasida davolanayotganlar uchun - tibbiyot muassasasida davolanayotganligi haqida ma’lumotnoma, migratsiya kartochkasi, vaqtincha registratsiya + nusxa;
  • oila a’zolari bilan birlashish maqsadida xorijga chiqqan shaxslar uchun - qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjat, migratsiya kartochkasi, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, RVP yoki vid na jitelьstvo, registratsiya + nusxa.
  • harbiy guvohnoma yoki hisobda turganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun);

Diqqat! Ariza beruvchi soxta hujjatlarni taqdim qilganda yoki o‘zi haqida yolg‘on ma’lumotlar berganda materialni yuritish to‘xtatiladi, hujjatlar keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilish uchun yuboriladi.

Konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya:

  • xorijga chiqish pasporti berilganligi uchun – 170 AQSh dollari;
  • pasport olish uchun kechikib murojaat qilganlik uchun xar o‘tkazilgan (to‘liq bo‘lmagan xam) kalendarь yili uchun -  50 AQSh dollari;
  • xorijda pasport yo‘qotganlik uchun – 70 AQSh dollari;
  • pasportni yaroqsiz holga keltirish uchun – 50 AQSh dollari.

Izox: xorijga chikish pasportiga noto‘g‘ri ma’lumot kiritishni oldini olish maqsadida qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlar so‘rab olinishi mumkin: tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma, nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarorining ko‘chirmasi.

Diqqat! Fuqarolar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga turish va xorijga chiqish pasportini olish uchun Elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida yoki konsullik interaktiv hizmatlar veb-portalida (www.consulate.mfa.uz) joylashtirilgan anketaning elektron shaklini oldindan to‘ldirish interaktiv xizmatidan foydalanishi mumkin.

Chat