Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 864 marta o'qildi

Qarorga ko‘ra, “Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning o‘rnida davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi (Bolalar shifoxonasi) tashkil etiladi.

Bolalar shifoxonasining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsulьtativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;
  • tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
  • Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.

2024-yil 1 sentyabrgacha Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish orqali uni bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.

Chat