Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 630 marta o'qildi

Subsidiya olish haqida 6 ta dolzarb savolga javob. ” Yangiobod tumani  hokimligi rasmiy sayti

Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
  • ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab berish;
  • ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.

Ushbu ipoteka kreditini olish mumkin bo‘lgan shaxslar online-mahalla.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin.  

Shuningdek:

  • kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;
  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to‘lov platformasi orqali ajratiladi.
Chat