Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8113 marta o'qildi

Farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organida, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilganda esa — farzandlikka oluvchilar doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turadigan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko‘chirma;
  • farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
  • farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

Agar sudning hal qiluv qarorida 10 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilgan joyi respublika doirasida o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda farzandlikka oluvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tiklangan dalolatnoma yozuvini qayd etadi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dastlabki dalolatnoma yozuvini bekor qilish to‘g‘risidagi xabarnomani uni qayd etgan FHDYo organiga belgilangan tartibda yuboradi.

Chat