Avtomobilь yo‘llaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishda ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘shalar bilan kelishilishi lozim:
- ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, e’lonlar o‘rnatish va joylashtirishga;
- sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazishga;
- ajratilgan mintaqa doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishga;
- kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, quvurlar, temir yo‘llar hamda boshqa kommunikatsiyalarning avtomobilь yo‘llarini kesib o‘tishiga;
- tutashadigan va ajralib chiqadigan yo‘llar qurishga;
- ko‘priklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirishga;
- avtomobilь yo‘liga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashga;
- avtomobilь yo‘llari chetlarida hamda yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘yimlarining qiyaliklarida joylashgan, foydalanilayotgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini rekonstruktsiya qilish ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.