Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda qulay hududda tashkil etiladi.
- Byuro soat 6.00 dan 16.00 gacha dam olish kunlarisiz ishlaydi.
- Byuro orqali ish izlovchi shaxslarga 6 oydan oshmagan muddatga tegishli guvohnoma beriladi.
Guvohnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
- ariza;
- asl nusxa ko‘rsatilgan holda pasportning nusxasi (ID karta);
- 3 x 4 sm o‘lchamli 4 ta fotosurat;
- belgilangan shakldagi so‘rovnoma.
Bir martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolarning huquqlari
- vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
- tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
- Byuro xodimlarining mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari bo‘yicha xavfsiz ish usullari to‘g‘risidagi maslahatni;
- yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Byuroga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘makni tekin olish.
Ishga qabul qilayotganlarning majburiyatlari
- xavfsiz mehnat sharoitini yaratish;
- bajarilgan ishlar uchun og‘zaki kelishuvga muvofiq ish haqini to‘liq va vaqtida to‘lash;
- zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlarni ta’minlash;
- ish paytida yollanma ishchi qonunchilikni buzsa yoki u bilan baxtsiz hodisa yuz bersa zudlik bilan Byuroga (boshqa vakolatli organlarga) xabar berish.