Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19414 marta o'qildi

Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

► Iste’mol krediti doimiy yashash joyiga va doimiy daromadga ega bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga, shuningdek pensiya va kreditni qaytarish uchun etarli daromad manbalariga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Iste’mol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin
  • uy xo‘jaligi, kompьyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;
  • mebelь va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;
  • O‘zbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovka sotib olish;
  • tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni o‘tkazish;
  • xususiy avtomobillarni ta’mirlash va boshqalar.

  • Iste’mol kreditlari mahsulot ishlab chiqarish joyidan qat’iy nazar beriladi.
  • Iste’mol kreditini berish bank tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchining hisob-raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Iste’mol kreditini naqd pul ko‘rinishida berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Kredit berish shartlaridan biri sifatida qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olinayotgan tovar qiymatini qisman to‘lash (oldindan to‘lov) belgilanishi mumkin. Pul mablag‘lari qarz oluvchi tomonidan bankka topshiriladi, bank esa qarz oluvchining kirim qilingan mablag‘lari va kredit shaklida unga berilgan mablag‘larni tovar sotuvchisiga ko‘chirib beradi. Boshlang‘ich to‘lov miqdori bank tomonidan belgilanadi.
  • Iste’mol krediti hajmi, uning muddati, foiz stavkasi, iste’molchining to‘lovlarni amalga oshirish grafigi bank tomonidan belgilanadi va iste’mol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • kredit ajratish haqida ariza;
  • pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta;
  • qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • kreditni qaytarishni ta’minlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sug‘urtalash haqidagi sug‘urta polisi).


Qo‘shimcha ma’lumotni banklarning veb-saytlaridan olish mumkin.

Boshqa tegishli maqolalar

Kredit haqida ma’lumot

Chat