Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 88202 marta o'qildi

Kimlar ushbu tartibdan foydalanishi mumkin?

Amaldagi Nizom quyidagi toifalardagi uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni qamrab oladi:

  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar;
  • nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar;
  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;
  • farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan onalar;
  • uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar.

Demak, bu har qanday xotin-qiz uchun avtomatik imtiyozli ipoteka emas.

Uy-joyga muhtojlik qanday baholanadi?

Komissiya ijtimoiy ustuvorlik mezonlarini hisobga oladi. Jumladan:

  • shaxsning o‘z uy-joyi yo‘qligi va ijarada yoki yashashga yaroqsiz joyda turishi;
  • boshqa oila bilan bir uyda yashashi;
  • ko‘p bolalilik;
  • oilaning daromadi;
  • sog‘liq va oilaviy holat bilan bog‘liq ayrim vaziyatlar baholanadi.

Tanlov ijtimoiy ustuvorlik mezonlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qaerga murojaat qilinadi?

Ariza beruvchi doimiy yashash joyi bo‘yicha tegishli Komissiyaga so‘rovnoma-ariza va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Hujjatlar qatoriga vaziyatga qarab:

  • ariza;
  • pasport nusxasi;
  • oila a’zolariga oid hujjatlar;
  • daromad haqida ma’lumotlar;
  • uy-joy holatini tasdiqlovchi kadastr, ijara yoki boshqa hujjatlar kirishi mumkin.

Ariza qanday tanlanadi?

Arizalar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va Komissiya ularni ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholaydi.

Ariza va hujjatlar qabul qilishning belgilangan oxirgi sanasi tugaganidan keyin 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Talabgor tanlansa, unga yozma tavsiya beriladi.

Rad etilsa nima bo‘ladi?

Komissiya tavsiya berishni rad etsa, aniq sabablarni yozma ravishda ko‘rsatishi kerak.

Kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim etish uchun berilgan muddat xabarnoma olingan kundan boshlab kamida 5 ish kuni bo‘lishi lozim.

Uy-joy qiymati qanday moliyalashtiriladi?

Amaldagi Nizomda uy-joy qiymatining:

  • 10 foizi — boshlang‘ich badal;
  • 90 foizi — tijorat bankining ipoteka krediti hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Boshlang‘ich badalni shakllantirishda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, ish beruvchi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar ishtirok etishi mumkin. Ijtimoiy reestrdagi oila a’zosi doimiy daromadga ega bo‘lmasa yoki to‘lov qobiliyati etarli bo‘lmasa, qonunda ko‘rsatilgan boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin.

Tavsiya kredit olishni kafolatlaydimi?

Yo‘q. Yozma tavsiya ijtimoiy mezonlar bo‘yicha dasturda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi, ammo bank kreditni ajratishda qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini alohida baholaydi.

Boshqa tegishli maqolalar

Ipoteka krediti

Chat