Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 65652 marta o'qildi

Mazkur kredit turi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga beriladi.

  • Davlat dasturi doirasida shaharlardan arzon kvartiralar va qishloq joylaridan bir qavatli uylar ipoteka krediti asosida beriladi.
  • Yashash sharoitlariga yaxshilashga muhtoj ayollar uchun kvartiralarni belgilash tuman (shahar) hokimiyatlarida tashkil etilgan hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Talabgor quyidagi harakatlarni amalga oshiradi

hududiy komissiyaga ariza beradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi;

ijobiy qaror qabul qilinganda yozma tavsiya hududiy komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi;

Talabgor injiniring kompaniyasining filialiga ("Qishloq qurilish invest" yoki “O‘zshahar qurilish invest”) hududiy komissiyaning tavsiyasi va ariza bilan murojaat qiladi. Injiniring kompaniya filiali arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha talabgor bilan dastlabki kelishuvni tuzadi.

Talabgor Davlat dasturida ishtirok etayotgan bank filialiga kredit ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

Talabgor tomonidan imtiyozli ipoteka kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • qarz oluvchining (birgalikda qarzdorlarning) pasport nusxasi;
  • oldi sotdi shartnomasi;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarzdorlarning) ohirgi 12 oy davomidagi daromadi haqidagi ma’lumotnoma.

Arizani ko‘rib chiqish muddati 15 bank kuni hisoblanadi.

Subsidiyalar ajratish
  • qishloq joylarda — birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;
  • shaharlarda — dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun — Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

  • Subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi.
  •  Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar va tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.

E’tibor bering!

  • Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari Sizdan faqatgina ariza olib qolib tayyor natijani taqdim etishga vakolatli.
  • Qolgan masalalar, ya’ni kimlarga qancha miqdorda subsidiyalar ajratishni alohida komissiya hal qiladi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi.
  • Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.

Boshqa tegishli maqolalar

Ipoteka krediti

Chat