Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8294 marta o'qildi

Qarorga muvofiq, tomorqada mahsulot etishtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari quyidagi bosqichlarda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga milliy valyutada 4 yillik imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltirilgan.

Tomorqa er egalariga shu asosda kreditlar ajratiladi:

  • qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, «dala do‘konlari» qurish, artezian quduqlarini qazish;
  • kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka etishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi.

Belgilansinki, Jamg‘arma tomonidan 2026-yil 1 yanvarga qadar:

  • tomorqada etishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa er egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi.

Suv ta’minoti og‘ir tomorqa erlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’ektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi.

  • Qarorga muvofiq, 2022-yilda borish qiyn bo‘lgan xududlardagi aholi tomorqa erlarini so‘g‘orish uchun 113 tumanda 2150 vertikal so‘g‘orish qudug‘i ishga tushuriladi.

2022-yil 1 aprelga qadar jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “marketpleys” usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platformani ishga tushiriladi.

Chat