Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 51328 marta o'qildi

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan amalga oshiriladi.

Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiste’molchilik holatlarini oldini olish;
  • elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz (keyingi o‘rinlarda energiya resurslari deb ataladi) uchun to‘lovlarning, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
  • energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring o‘tkazish;
  • energiya resurslarini sotish va iste’moli hisobini yuritishda ishtirok etish;
  • energiya resurslarini ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha iste’molchilarning mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko‘rish;
  • kompleks tahlil o‘tkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari to‘lovlari hisob-kitob qilinishini, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun aholidan kelib tushadigan majburiy to‘lovlarning to‘lanishini ta’minlash, majburiy ijro tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlashdagi vazifalari:
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash;
  • ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning hisobini yuritish;
  • ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiste’molchilik holatlarini oldini olish.

Byuro quyidagilar uchun javobgardir:
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash;
  • energiya resurslari uchun to‘lovlar, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
  • energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini, shuningdek, bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga etkazib berilgan energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
  • energiya resurslari hajmi o‘rtasidagi aniqlangan tafovutlarni bartaraf qilish mexanizmi bo‘yicha takliflar kiritish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
  • yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish.

Byuroning funktsiyalari va huquqlari bilan havolada tanishing.

Chat