Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21463 marta o'qildi

Taraflarning protsessual huquqlari

Har bir tarafga o‘z nuqtai nazarini bayon etish va huquqlarini himoya qilish uchun teng imkoniyat berilishi kerak.

Taraflar:

  • da’vo talablari yoki da’voga qarshi e’tirozlarni o‘zgartirishi;
  • dalillar va qo‘shimcha materiallar taqdim etishi;
  • javobgar da’vo yuzasidan yozma fikr bildirishi;
  • belgilangan shartlarda qarshi da’vo kiritishi;
  • hakamlik sudining vakolatiga e’tiroz bildirishi;
  • sudьyani rad qilish haqida ariza berishi;
  • muhokamada shaxsan yoki vakil orqali ishtirok etishi mumkin.

Hakamlik muhokamasi, agar taraflar boshqacha kelishmagan bo‘lsa, ular yoki vakillari ishtirokida va yopiq majlisda o‘tkaziladi.

Hakamlik sudьyalarini tanlash

Sudьyalar soni toq bo‘lishi kerak. Taraflar ularning soni va sud tarkibini shakllantirish tartibini mustaqil belgilashi mumkin. Agar soni belgilanmagan bo‘lsa, sud 3 nafar sudьyadan tashkil topadi.

Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi sudda sudьyalar tasdiqlangan ro‘yxatdan tanlanadi. Taraf 15 kun ichida sudьyani tanlamasa yoki taraflar yakka sudьya bo‘yicha kelisha olmasa, doimiy sud raisi taraflardan birining iltimosiga ko‘ra sudьyani 10 kun ichida tayinlaydi.

Muvaqqat sudda sudьyalar taraflar tomonidan tanlanadi. Belgilangan 15 kun ichida sudьya tanlanmasa yoki taraflar kelisha olmasa, nizo vakolatli davlat sudiga topshiriladi va hakamlik bitimining amal qilishi tugaydi.

Hakamlik sudьyasiga qo‘yiladigan talablar

Hakamlik sudьyasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • kamida 25 yoshda;
  • mustaqil va xolis;
  • nizo natijasidan manfaatdor bo‘lmagan;
  • vazifani bajarishga rozilik bergan shaxs bo‘lishi kerak.

Yakka tartibda nizoni hal qiluvchi sudьya, hay’atda esa raislik qiluvchi sudьya oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi shart. Sudьyalar Adliya vazirligi tasdiqlaydigan maxsus dastur bo‘yicha o‘quv kursidan o‘tishi kerak.

Da’voni ta’minlash va dalillar

Agar ta’minlash chorasini ko‘rmaslik qaror ijrosini qiyinlashtirsa yoki imkonsiz qilsa, taraf vakolatli sudga da’voni ta’minlash haqida ariza berishi mumkin. Ariza hakamlik sudi, javobgar yoki uning mol-mulki joylashgan hududdagi vakolatli sudga beriladi.

Har bir taraf o‘z talablari va e’tirozlariga asos bo‘lgan holatlarni o‘zi isbotlaydi.

Muhim: Majlis haqida tegishli tarzda xabardor qilingan tarafning uzrsiz kelmasligi muhokamani davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq javobgarning yozma e’tiroz bermaganligi da’voni tan olganligini anglatmaydi.

Tartib «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi.

Chat