Hakamlik sudining hal qiluv qarori unda ko‘rsatilgan tartib va muddatda ixtiyoriy ijro etiladi. Agar qarorda muddat belgilanmagan bo‘lsa, u darhol ijro etilishi kerak.
Qaror belgilangan muddatda bajarilmasa, manfaatdor taraf uni majburiy ijro etish choralarini ko‘rishi mumkin.
Hakamlik muhokamasi tarafi qarorni olgan kundan boshlab 30 kun ichida vakolatli sudga uni bekor qilish haqida ariza berishi mumkin.
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida qaror qabul qilingan shaxs ham qaror haqida bilgan kundan boshlab 30 kun ichida ariza berish huquqiga ega.
Qarorni bekor qilish haqida ariza berilsa, vakolatli sudda ish yuritish tugaguniga qadar qaror ijrosi bo‘yicha ish yuritish to‘xtatib turiladi.
Vakolatli sud qarorni, jumladan, quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Agar bitim doirasidan tashqari xulosalarni qolgan qismdan ajratish mumkin bo‘lsa, qarorning faqat tegishli qismi bekor qilinadi.
Muhim: Vakolatli sud nizoni boshidan qayta ko‘rib chiqmaydi, dalillarga qayta baho bermaydi va hakamlik sudi qarorini mazmunan tekshirmaydi. U faqat qonunda belgilangan bekor qilish asoslari mavjudligini baholaydi.
Qaror ixtiyoriy bajarilmasa, majburiy ijro vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Ijro varaqasi haqidagi ariza ixtiyoriy ijro muddati tugagan kundan boshlab 6 oydan kechiktirmay beriladi. Uzrli sabablar bo‘lsa, sud o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.
Arizaga:
Doimiy sud qarorining nusxasini uning raisi tasdiqlaydi. Muvaqqat sud qarorining nusxasidagi hakamlik sudьyasi imzosi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Majburiy ijro «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonun asosida, arizani ko‘rib chiqish esa Fuqarolik protsessual kodeksi yoki Iqtisodiy protsessual kodeksi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.