Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18083 marta o'qildi

Majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan mahsulotni sertifikat olmay turib reklama qilish mumkin emas.     

Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi

Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:

  1. tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin tarqatish;
  2. tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
  3. tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
  4. savdo ob’ektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi.

Noto‘g‘ri reklama oqibatida etkazilgan zarar qoplanadi.

Quyidagilar taqiqlanadi
  • soat 7-00 dan – 22-00 gacha energetik ichimliklarni televidenie va radio orqali reklama qilish;
  • energetik ichimliklar namunalarini 18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi yoki tasviri tushirilgan futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni tarqatish va sotish;
  • asosan bolalar uchun mo‘ljallangan gazeta va jurnallarda, tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish.
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarda (eshittirishlarda) reklama.

Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — jismoniy shaxslar noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik, reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar takdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Chat