Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 32100 marta o'qildi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va er solig‘i summalari Kadastr  organlari ma’lumotlari asosida hisoblanadi

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida er uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan er uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi er solig‘iga tenglashtiriladi. Er uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etiladi.

Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan er uchastkalari uchun er solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.

Quyidagi er uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘ining soliq solish ob’ektidir:

1) jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan er uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan er uchastkalari;
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan er uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek erlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan er uchastkalari;
6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan er uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkalari.

Ko‘p kvartirali uylar egallagan va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash er uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilgan er uchastkalari va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari mustasno.


Er solig‘i kalьkulyatori

Chat