Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27547 marta o'qildi

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar er solig‘ini to‘lovchilardir.

► Hokimiyatlar tomonidan ijaraga berilgan er uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi.

Quyidagi er uchastkalari bo‘yicha yer solig‘i to‘lanadi
  • dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
  • yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
  • jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
  • xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
  • meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
  • mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
  • tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. Bunda ko‘p kvartirali uylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda yer solig‘i umumiy asoslarda to‘lanadi.


Yer solig‘i kalkulyatori

Chat