Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 73982 marta o'qildi

Noturar ob’ektlar uchun mol-mulk va er solig‘i to‘lash tartibini bilasizmi? -  zarnews.uz

Er solig‘idan quyidagilar ozod qilinadilar

1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

6) Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;

Imtiyozlar soliq inspektsiyasiga soliq to‘lovchining alohida statusga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda qo‘llaniladi.


Ahamiyat bering! Imtiyozlar soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta er uchastkasiga beriladi.


Er solig‘i kalьkulyatori

Chat