Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 92880 marta o'qildi

Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi. (batafsil qarang: Yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar)
  • Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprelь va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

  • Yil mobaynida ajratilgan er uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan er uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lanadi.
  • Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, er solig‘ini to‘lash er uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).

Yer solig‘i kalьkulyatori

Elektron to‘lov tizimlari UPay va PayMe


DSQ Maslahat xizmati telefoni

(0 371) 202-32-82

Davlat soliq qo‘mitasi ishonch telefoni: 1198.

Chat