Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3281 marta o'qildi

Egasiz turar joylarni aniqlash bilan bog‘liq ishlar tuman hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.

6 oydan ko‘proq bo‘sh turgan, hech kim yashamaydigan hamda quyidagi holatlar mavjud uy-joylar egasiz deb hisoblanadi:
  • bo‘sh turgan ushbu davr uchun kommunal xizmatlar haqi va turar joyni saqlash uchun xarajatlar bo‘yicha qarzlar mavjudligi.
  • turar joyning butunligi va saqlanishi ta’minlanmaganligi, buning oqibatida turar joyning buzilishiga va unga uchinchi shaxslarning kirish urinishlariga yo‘l qo‘yilganligi.

Turar joylarni quyidagi hollarda egasiz deb topib hisobga olishga yo‘l qo‘yilmaydi:
  • turar joy egasi ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotganda;
  • turar joy egasi davolanish, o‘qish, mehnat faoliyati munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
  • turar joy egasi Qurolli Kuchlar saflarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganda;
  • turar joy egasi O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida uzoq muddat davolanayotganda.

Egasiz turar joylar hisobga qo‘yilgan kundan boshlab 3 yillik muddat tugagandan keyin sud qaroriga asosan davlat mulkiga o‘tkaziladi.

Chat