Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish
Nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylardan, bolalar uylaridan hamda boshqa maxsus maqsadli uylardan, ularni tuzgan organ qaroriga binoan turar joylar beriladi.
Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, o‘quvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki o‘qish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin.
Uylarni yotoqxonalarga o‘tkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Quyidagi soha vakillari xizmat turar joylari olish huquqiga ega:
Xizmat turar joylari berilgan fuqaro bilan xizmat turar joyi mulkdori yoki u tomonidan bunga vakil qilingan organ o‘rtasida xizmat turar joyini saqlash va undan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolanadi.
Xizmat turar joylari fuqaroning mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga yoki xizmat davriga, saylab qo‘yiladigan lavozim muddati tugagunga qadar beriladi.
Xodimning xizmat uyidan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda bekor bo‘ladi.
Mazkur uy-joy xodim tomonidan 1 oy ichida bo‘shatib qo‘yilishi lozim.
Xodim xizmat uyini bo‘shatishni rad etgan taqdirda, sud tartibida ko‘chirib yuboriladi.
Quyidagi toifalar xizmat uylaridan boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan ko‘chirilishi lozim: