Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 104004 marta o'qildi

Kimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Haydovchilikka nomzodlar transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Haydovchilar odatda har ikki yilda bir marta davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tijorat asosida yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar uchun davriylik — har yili.

Ko‘rik qaerda o‘tkaziladi

Tibbiy ko‘rik:

  • davlat davolash-profilaktika muassasalarida;
  • tegishli litsenziyaga ega xususiy tibbiyot tashkilotlarida tuzilgan tibbiy haydovchilik komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

Ko‘rik umumiy tartibda pullik hisoblanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan jihozlangan yoki avtomat uzatgichli engil avtomobilni boshqarishga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha ko‘rik davlat tibbiyot muassasasida bepul o‘tkaziladi.

Zarur hujjat va tekshiruvlar

Ko‘rikdan o‘tish uchun pasport, ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatiladi.

Shaxs:

  • flyuorografik tekshiruv;
  • RW qon tekshiruvi;
  • terapevt, narkolog, psixiatr, kardiolog;
  • travmatolog-ortoped, jarroh, nevropatolog va oftalmolog ko‘rigidan o‘tadi.

55 yosh va undan katta shaxslar EKG tekshiruvidan ham o‘tadi. Oxirgi bir yil ichida flyuorografiyadan o‘tgan shaxs natijani taqdim etsa, qayta flyuorografiya talab qilinmaydi.

Ko‘rik muddati va natijasi

Ko‘rik muddati uch kalendarь kunidan oshmasligi kerak. Qo‘shimcha tekshiruv zarur bo‘lgan murakkab holatda muddat asoslantirilgan holda 10 kalendarь kungacha uzaytirilishi mumkin.

Ko‘rik natijasi bo‘yicha 083/h shakldagi elektron tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuklab olish mumkin.

Muhim: tibbiy ma’lumotnoma haydovchilik guvohnomasi o‘rnini bosmaydi; u shaxsning tegishli transport vositasini boshqarishga tibbiy jihatdan yaroqliligini tasdiqlaydi.

Tartib 2472-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizom bilan belgilangan.

Chat