Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3647 marta o'qildi

"Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga 07.03.2022-yildagi PF-87-son asosan

Xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:                

  • a) 2022-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltirilgan;
  • b) 2022-yil 1 apreldan boshlab uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan, etim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni «Xalqparvar» komissiyalari bilan kelishgan holda ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ruxsat berilgan;
  • v) uy-joyga muhtoj, jumladan xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi «Ayollar daftari» jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan 2022-yildan boshlab zarur mablag‘lar ajratib boriladi;
  • ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb o‘rganish, mehnat qilish imkoniga ega bo‘lsa, mustaqil yoki Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashish bo‘yicha ijtimoiy majburiyatlarni yuklash tartibi joriy etildi.
Chat