Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4913 marta o'qildi

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun arzon uy-joylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida» 2016-yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son hamda «2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarorlari doirasida amalga oshiriladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi
  1. I toifaga kiradigan tumanlarda — bittadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
  2. II toifaga kiradigan tumanlarda — ikkitadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
  3. I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida –oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
  4. II toifaga kiradigan shaharlarda — o‘ntagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
  5. 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
  6. ko‘p qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan.

  • Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi;
  • tuman (shahar)larda 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar hamda ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga, istisno tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritiladi.            

Komissiya tomonidan arizani ko‘rib chiqishda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshiriladi
  • a) ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yo‘qligi va turar-joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
  • b) boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
  • v) ko‘p bolalilik;
  • g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
  • d) ijtimoiy xususiyatiga ko‘ra alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlashmasining xulosasi asosida);
  • e) ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
  • j) ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv. metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
  • z) birinchi guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz ayollar;
  • i) yolg‘iz o‘zi ilovadagi ro‘yxatda nazarda tutilgan og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi ma’lumotnomasi va tibbiyot birlashmasi xulosasi asosida)

Komissiya tomonidan ariza beruvchiga yozma tavsiya berish quyidagi hollarda rad etiladi
  • a) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilishi;
  • b) hujjatlarning Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;
  • v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
  • g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yo‘qligi holatining asosli ko‘rsatilishi;
  • d) uy-joyga muhtoj shaxsning nikohi so‘nggi uch yilda bekor qilingan taqdirda.

Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi
  • a) yozma tavsiya;
  • b) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
  • v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning pasporti nusxasi;
  • d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • e) dastlabki badal jamg‘arma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • j) injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.

Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy ustuvorligini belgilashning IJTIMOIY MEZONLARI

Chat