Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 66303 marta o'qildi

Tibbiy ko‘rik fuqarolarning sog‘lig‘i transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Haydovchilikka nomzodlar dastlabki tibbiy ko‘rikdan, haydovchilar esa davriy majburiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishdan 1 oy oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi.

Tibbiy ko‘rik pullik asosda shifokor mutaxassislardan iborat tarkibda tibbiy komissiya  tomonidan o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati 3 kalendarь kunigacha.

Tibbiy ko‘rik tekshiruvlari
  • RW qon;
  • terapevt;
  • jarroh;
  • nevropotolog;
  • oftalьmolog;
  • otorinolaringolog;
  • ginekolog (xotin-qizlar uchun);
  • EKG (55 va undan katta yoshdagilar).

O‘tgan bir yil mobaynida flyuorografik tekshiruvidan o‘tgan shaxslar qo‘shimcha ravishda flyuorografik tekshiruvidan o‘tishlari talab etilmaydi.

Tibbiy ko‘rikni o‘tashda taqdim etiladigan hujjatlar
  • pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi ikkita rangli fotosurat;
  • hududiy ruhiy-asab va narkologik dispanserlari ma’lumotnomasi;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun to‘lov kvitantsiyasi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarga 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi. 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma transport vositasini boshqarishga yaroqlilik to‘g‘risidagi asosiy tibbiy hujjat bo‘lib, tibbiy komissiya raisi va kotibi tomonidan to‘ldiriladi va imzolanadi, tegishli davlat davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.

Ko‘zoynak yoki eshitish apparati bilan transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilganda tibbiy ma’lumotnomadagi «alohida belgilar» so‘zlaridan so‘ng «ko‘zoynak (kontakt linza) taqish majburiy» yoki «eshitish apparati majburiy» degan belgi qo‘yiladi.

083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomasi va uning dublikatini olish
  • 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.
  • 083/h shakldagi tibbiy haydovchilik ma’lumotnomasini yo‘qotgan shaxslarga ularning murojaatlariga asosan ma’lumotnomaning dublikati beriladi. Ushbu dublikat asosiy ma’lumotnomaning qolgan ko‘rsatilgan muddatigacha beriladi va unga «dublikat» belgisi qo‘yiladi.

Shaxslar tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha transport vositasining biron toifasini yoki bir nechta toifalarini yoxud umuman transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilishi mumkin.

Chat