Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3592 marta o'qildi

Etim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga asosan vafot etgan deb e’lon qilingan bola.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — har qanday sababga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola, etim bola bundan mustasno.

Etim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqni ta’minlash jarayonlarida ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mas’ul organ hisoblanadi.

Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joyga muhtoj etim bolalar ro‘yxatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lganida, etim bolaning yoshi 23 yoshdan katta bo‘lmagan davrda, ta’lim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida meros bo‘yicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi.

O‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga etgan etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.

Uy-joy bilan ta’minlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
  • bitta ko‘p kvartirali uy-joyning har bir kirish yo‘lagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish;
  • 2 va undan ortiq etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ko‘p kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular o‘rtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
  • etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun alohida ko‘p qavatli uy-joylar qurish va bu erda ularning barchasini joylashtirish;
  • etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish).

Uy-joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga belgilangan namunadagi order beradi, order berilgan uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.

Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash Sxemasi

Chat