Bolaning tug‘ilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiy. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20 oktyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, tug‘ilish ota-ona yoki bolaning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar istalgan FHDYo organi tomonidan qayd etilishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy ichida berilishi lozim.
Muhim: bir oylik muddat o‘tkazib yuborilgani bolaning tug‘ilishini qayd etmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
Tug‘ruq tibbiyot muassasasida amalga oshirilganda xodim bolaning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotlarni elektron tizimga kiritadi. Ma’lumotlar FHDYoning elektron arxiviga yuborilib, tug‘ilish kompleks davlat xizmati doirasida qayd etiladi.
Kompleks xizmatdan tashqari umumiy tartibda murojaat qilinganda quyidagilar taqdim etiladi:
Elektron axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlarni fuqarodan qayta talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bola 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, kechikib qayd etish uchun muddat o‘tkazib yuborilganining sababi ko‘rsatilgan ariza beriladi. Arizani:
Agar shaxs 16 yoshdan katta bo‘lsa va tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, tug‘ilish ota-onadan biri hamda shu shaxsning arizasi asosida qayd etiladi. Tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lmagan ayrim hollarda tug‘ilish fakti sud qarori bilan belgilanadi.
O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilishi perinatal o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida qayd etiladi. Agar bola tug‘ilgandan keyin qisqa vaqt yashab vafot etgan bo‘lsa, tug‘ilish va o‘lim haqida alohida dalolatnoma yozuvlari tuziladi.
E’tibor bering: tug‘ilishni o‘z vaqtida qayd etish bolaning ismi, fuqaroligi, tibbiy xizmat, ijtimoiy himoya va boshqa huquqlarini amalga oshirish uchun zarur.