Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 128879 marta o'qildi

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari amal qilishiga 6 oydan kamroq vaqt  qoldi

Eski guvohnomalarning amal qilishi

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish uchun belgilangan muddatlar yakunlangan.

Muhim: eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2024-yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas. Bunday hujjat transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlamaydi.

Almashtirish muddatlari va eski guvohnomalarning haqiqiy emasligi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qarori bilan belgilangan.

Almashtirish uchun zarur hujjatlar

Ariza beruvchi quyidagilarni taqdim etadi:

  • pasport, ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni;
  • belgilangan xizmat uchun to‘lov.

Vakolatli organ zarur ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali tekshiradi. Ma’lumotlarda farq yoki xatolik bo‘lsa, qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralishi mumkin.

Imtihon topshiriladimi

Eski guvohnomani yangisiga oddiy tartibda almashtirishda transport vositasini oxirgi 12 oyda boshqarganlikni tasdiqlash talab etilmaydi. Shu sababli faqat ushbu asos bilan nazariy yoki amaliy imtihon tayinlanmaydi.

Imtihon qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa holatlarda, masalan, transport vositasini boshqarish huquqi tiklanayotganda talab qilinishi mumkin.

Qaerga murojaat qilinadi

Guvohnomani almashtirish uchun:

  • Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasiga;
  • Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish mumkin.

Tayyor guvohnoma shaxsan olinadi. Arizada ko‘rsatilgan bo‘lsa, uni belgilangan tartibda pochta orqali etkazib berish mumkin. Guvohnoma ishonchnoma asosida boshqa shaxsga berilmaydi.

Tartib Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan belgilangan.

Chat