Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 43001 marta o'qildi

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:

ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga;

baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;

qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.

2. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga umumiy ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;

b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;

v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

3. Qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga etmagan chin (sag‘ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;

b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

Normativ hujjatlar

Chat