
Avtomototransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan yoxud transport vositasining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab u 10 kalendarь kun ichida davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Agar muddatning oxirgi kuni dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning oxirgi kuni hisoblanadi.
Avtomototransport vositasi quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:
Quyidagi hollarda transport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi:
Transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning egasi yoki vakolatli vakili Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Jismoniy shaxsga tegishli transport vositasi, qoida tariqasida:
Shu bilan birga, transport vositasini mulkdorning ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, har bir hududda bunday xizmatni ko‘rsatish uchun mas’ul etib belgilangan hududiy YHXX organida eksterritorial tartibda ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
Muhim: avtotransportni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha YaIDXPda amalda faol davlat xizmati mavjud emas. Shu sababli transport vositasi va hujjatlar bilan bevosita tegishli YHXX ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasiga murojaat qilish lozim.
Holatga qarab quyidagilar taqdim etiladi yoki axborot tizimlari orqali tekshiriladi:
Davlat organlarining axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni fuqarodan qog‘oz shaklida talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin transport vositasi texnik ko‘rik uchun YHXX bo‘linmasiga taqdim etiladi. Avtomobilning texnik holati uni ko‘rikka taqdim etmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
Ko‘rik jarayonida:
Ko‘rik natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma yoki shtamp 10 kalendarь kun davomida haqiqiy hisoblanadi.
Muhim: kuzov, shassi, dvigatelь yoki VIN raqamlarida o‘chirish, o‘zgartirish yoki qalbakilashtirish alomatlari aniqlansa, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatilib, materiallar tegishli tekshiruv uchun vakolatli organga yuborilishi mumkin.
Oddiy benzin yoki dizelь dvigatelli avtotransport vositasini dastlabki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi asosiy to‘lovlar undiriladi:
Shunday qilib, oddiy avtomobilь birinchi marta ro‘yxatdan o‘tkazilib, unga oddiy davlat raqami va guvohnoma berilganda ushbu uchta asosiy to‘lovning umumiy miqdori 11,04 BHMni tashkil etadi.
Elektromobilь va belgilangan toifadagi gibrid avtomobilь uchun:
Ushbu uchta asosiy to‘lovning umumiy miqdori 5,7 BHMni tashkil etadi.
Mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va tirkamalar uchun:
Asosiy to‘lovlarning umumiy miqdori 3,7 BHMni tashkil etadi.
Barcha turdagi avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Agar qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yangi guvohnoma yoki yangi davlat raqami beriladigan bo‘lsa, ular uchun belgilangan to‘lovlar alohida undiriladi.
Muhim: 3,5 BHM — tizim tomonidan oddiy tartibda beriladigan avtomobilь davlat raqamining to‘lovi. AvtoRaqam ilovasida tanlangan yoki xaridorgir kombinatsiyali raqamlar uchun yagona oshirilgan to‘lov qo‘llanadi. Shu sababli ilovadagi raqamlar oddiy davlat raqamidan ancha qimmat bo‘lishi mumkin.
Talablar bajarilgandan keyin transport vositasi haqidagi ma’lumotlar elektron ro‘yxatga kiritiladi va mulkdorga:
Davlat raqami transport vositasiga belgilangan joylarga mustahkam o‘rnatilishi kerak. Raqamni o‘zgartirish, ustiga qoplama qo‘yish, uning belgilarini ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki boshqa transport vositasida ishlatish taqiqlanadi.
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori, to‘lovlar miqdori esa 2011-yil 21 dekabrda 2303-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan to‘lov stavkalari bilan belgilangan.