Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun «G‘amxo‘rlik» markazi — ruhiy holati buzilgan 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga parvarish, ijtimoiy, tibbiy, reabilitatsiya va tarbiya-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat muassasasi.
Markazlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Ularning o‘rinlar soni sanitariya qoidalari va gigiena normativlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Markazga ruhiy holati buzilgan, tibbiy ko‘rsatmalari mavjud bo‘lgan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar joylashtiriladi.
Bolani qabul qilish uchun:
Tashxisning o‘zi bolani avtomatik ravishda markazga qabul qilish uchun etarli emas. Bolaning sog‘lig‘i, rivojlanishi va ta’lim ehtiyojlari komissiya tomonidan kompleks baholanadi.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya — PTPK — bolaning rivojlanishi, sog‘lig‘i va alohida ta’lim hamda ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojini baholaydigan komissiya.
Bolaning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili PTPK tekshiruvidan o‘tish uchun:
Shaxsan murojaat qilinganda so‘rovnomani mas’ul xodim ariza beruvchi nomidan to‘ldiradi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda qonuniy vakil so‘rovnomani mustaqil to‘ldiradi.
PTPK tekshiruvi uchun haq undirilmaydi.
Qonuniy vakil:
Tekshiruvdan voz kechilsa, so‘rovnoma ko‘rmasdan qoldiriladi.
PTPK bolaning tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy holatini o‘rganib, markazga joylashtirish bo‘yicha xulosa beradi.
Ijobiy xulosa mavjud bo‘lsa va markazda bo‘sh o‘rin bo‘lsa, bolaning elektron hujjatlari tegishli axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Natija haqida qonuniy vakilga SMS-xabar yoki elektron xabarnoma yuboriladi.
Markazda bolaga:
Xizmatlar bolaning yoshi, holati, rivojlanishi va shaxsiy ehtiyojlariga mos tashkil etilishi kerak.
Joylashtirish rad etilganda elektron hujjatlar kamchiliklar ko‘rsatilgan holda «Inson» markaziga qaytariladi va qonuniy vakil xabardor qilinadi.
Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qayta murojaat qilish, shuningdek qaror yoki harakatsizlik ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.