Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3006 marta o'qildi

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlatda doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola etim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo‘lgan yoki o‘z vatanida turli sabablarga ko‘ra farzandlikka olinishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi.

  • Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekistonga kirishi va O‘zbekiston hududida doimiy yashashi uchun O‘zbekiston vakolatli organining (ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari) ruxsatnomasi talab qilinadi.
  • Ichki ishlar organlariga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.
Chat