Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16139 marta o'qildi

Nikohni chet davlat organida qayd etish

Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi nikohini:

  • o‘zi turgan davlatning vakolatli organida — o‘sha davlat qonunchiligi bo‘yicha;
  • O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasida qayd ettirishi mumkin.

Chet davlat organida tuziladigan nikoh uchun talab etiladigan hujjatlar, nikoh yoshi, ariza berish va nikohni qayd etish muddati o‘sha davlat qonunchiligi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston fuqarosi chet davlat organida nikohdan o‘tmoqchi bo‘lsa, konsul unga nikohda turmasligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin. Ma’lumot konsullikda mavjud bo‘lmasa, u Tashqi ishlar vazirligi orqali Adliya vazirligidan olinadi.

Nikohni konsullik muassasasida qayd etish

O‘zbekiston fuqarosi bilan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘rtasidagi nikoh konsul tomonidan quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lganda qayd etiladi:

  • bunday nikoh konsullik joylashgan davlat qonunchiligida tan olinsa;
  • O‘zbekiston va mazkur davlat ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda nazarda tutilgan bo‘lsa.

Muhim! Nikoh O‘zbekiston konsulligida qayd etilgani uning qabul qiluvchi davlatda avtomatik ravishda tan olinishini anglatmaydi. Mazkur davlat qonunchiligi va xalqaro shartnomalar ham hisobga olinadi.

Konsullikka taqdim etiladigan chet davlat hujjatlari, agar xalqaro shartnomada boshqacha qoida bo‘lmasa, legalizatsiya qilinishi yoki apostilь qo‘yilishi, shuningdek talab etilgan tilga tarjima qilinishi mumkin.

Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20 oktyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan FHDYo qoidalarining 90–92-bandlarida belgilangan.

Chat