Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19375 marta o'qildi

  • Fuqarolik ishlari bo‘yicha arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga topshiriladi.

Da’vogarning yoki javobgarning yashash joyidagi sudga ariza topshirilishi mumkin ishlar
  • aliment undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast etganlik yoxud boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar da’vogar tomonidan o‘zi yashab turgan joydagi sudga;
  • fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, g‘ayriqonuniy hukm qilish, g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida g‘ayriqonuniy qamoqqa olish yoxud hibsga olish tarzida g‘ayriqonuniy ma’muriy jazo qo‘llash natijasida etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashash joyidagi sudga;
  • agar da’vogarning voyaga etmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki og‘ir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashaydigan joyidagi sudga;
  • bedarak yo‘qolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning xohishiga ko‘ra o‘z yashash joyidagi sudga.

  • Tanlov bo‘yicha murojaat qilish - agar nizo bo‘yicha bir nechta javobgar ishtirok etib, ular turli erlarda joylashgan bo‘lishsa, ariza (shikoyat) arizachining tanlovi bo‘yicha javobgarlardan biri joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi.
  • Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.
  • Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha murojaatlar shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan er yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilish
  • yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida bo‘linmalari faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo‘linmalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga;
  • fuqarolarga nisbatan da’volar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Chat