Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 51074 marta o'qildi

Sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish mumkin.

Apellyatsiya / kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak
  • shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili);
  • shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;
  • hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
  • shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.

  • Apellyatsiya va kassatsiya shaklidagi shikoyatlar yuqori turuvchi sudga yo‘llanadi.
  • Shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Shikoyatda (protestda) uni bergan shaxsning yoki uning vakilining telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Fuqarolik sudi qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlar
  • apellyatsiya tartibida - qaror qabul qilingan kundan 20 kun ichida;
  • kassatsiya tartibida - qaror qonuniy kuchga kirgan kundan 6 oy ichida;

Ma’muriy sud qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya tartibida - qaror qabul qilingan kundan 20 kun ichida;
  • kassatsiya tartibida - qaror qonuniy kuchga kirgan kundan 1 oy ichida;

 

Iqtisodiy sud qarorlari ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya shikoyati - birinchi instantsiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida;
  • kassatsiya shikoyati - sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 oy ichida;

Jinoyat sudi hukmi ustidan shikoyat qilish muddatlari
  • apellyatsiya tartibida – hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida;
  • kassatsiya tartibida – sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil mobaynidagina yo‘l qo‘yiladi.

Chat