Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10900 marta o'qildi

Mansabdor shaxslarning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolati doirasiga kiradigan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga bevosita beriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o‘z vakiliga berishga yoki murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli.

Yozma shaklda murojaat qilish uchun pochta manzillari
  1. Bosh prokuratura –  Toshkent sh., Y.G‘ulomov 66. Toshkent 142000
  2. Ichki ishlar vazirligi - Toshkent sh., Yakkasaroy t., Y.Rajabiy, 1.
  3. Adliya vazirligi –  Toshkent sh., Sayilgoh k. 5, Toshkent 100047
  4. Oliy sud - Toshkent sh., A. Qodiriy ko‘chasi, 1. 100186.

Murojaatlarni berish muddatlari
  • Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan 1 yildan kechiktirmay beriladi.
  • Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tiklanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlarga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

Chat