Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11791 marta o'qildi

Donor — o‘z qoni va uning tarkibiy qismlaridan bir qismini tibbiyot ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda beruvchi jismoniy shaxs.

Qon va uning tarkibiy qismlarini tibbiyot ehtiyojlari uchun topshirish donor tomonidan ixtiyoriylik asosida haq evaziga yoki bepul amalga oshiriladi.

Donor 18 yoshga to‘lgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish oldidan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va salomatligi to‘g‘risida hujjat berish bepul amalga oshiriladi.

Qonni to‘plash davlat sog‘liqni saqlash muassasasining qon bilan ishlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Qon topshirish uchun muayyan shaxs pasporti yoki shaxsiini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etishi shart.

Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda donor quyidagi huquqlarga ega:
  • sog‘lig‘i saqlanishi kafolatining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanishi;
  • sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rni qoplanishi;
  • bepul ovqat bilan ta’minlanish.

Donor bo‘lishga rozilik bildirgan shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tish paytida o‘zi bilgan ilgarigi va hozirgi kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilishi shart.

Donor keyinchalik, zarur bo‘lganda donorning o‘zi uchun (autodonorlik) foydalaniladigan donorlik qoni tarkibini topshirishi mumkin.

Donor bo‘lishga qarshilik qiluvchi ko‘rsatmalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Donorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish choralari bilan quyidagi havoladan tanishish mumkin.

Chat