Dori vositalari aholiga dorixonalar va ularning filiallari orqali chakana realizatsiya qilinadi.
Dori vositalari:
Elektron retsept axborot tizimida shakllantiriladi. U bo‘yicha dori berilganda tegishli ma’lumotlar dori vositalari harakatini nazorat qiluvchi axborot tizimida qayd etiladi.
Bemor retseptda ko‘rsatilgan dori vositasini to‘liq miqdorda olganidan keyin retseptga uning bajarilganini bildiruvchi belgi qo‘yiladi va retsept dorixonada saqlanadi.
Retseptning bemorga tegishli qismi unga qaytariladi. Bu dori vositasini qanday qabul qilish kerakligi haqidagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkonini beradi.
Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki o‘zaro nomuvofiq dori vositalari ko‘rsatilgan retsept qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Elektron tijorat orqali retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda ularni saqlash, tashish va iste’molchiga etkazishda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya qilinishi shart.
Retsept asosida beriladigan dori vositalari uchun esa belgilangan retsept tartibi saqlanadi.
Dorixonadan sotib olingan sifatli dori vositalari va tibbiy jihozlar, qoida tariqasida, qaytarib olinmaydi va boshqa tovarga almashtirilmaydi.
Biroq dorixona xodimi shifokor yozgan retseptga mos kelmaydigan dori vositasini bergan bo‘lsa, bunday dori qaytarilishi lozim.
Eslatma: retseptda ko‘rsatilgan dori nomi, dozasi va shaklini dorixonadan chiqishdan oldin tekshirish maqsadga muvofiq.