Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9307 marta o'qildi

 O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib o‘tish va ulardan foydalanish tranzit bilan o‘tayotgan yo‘lovchilarni davolash maqsadida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit (transfyer) o‘tuvchi bemorlar davolanish maqsadida II Ro‘yxat va III Ro‘yxatga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida davlat nazoratida bo‘lgan quyidagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘zlari bilan olib o‘tishlari mumkin:

  • yetti kun qabul qilishga mo‘ljallangan dozadan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda giyohvandlik vositalari;
  • 15 kun qabul qilishga mo‘ljallangan dozadan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda psixotrop moddalar.

Bemorlar Davlat chegarasidan o‘tish chog‘ida kirish punktida o‘zlarida mavjud giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldirishlari hamda:

  • bemor yashagan mamlakatning tibbiyot muassasalari tomonidan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddaning nomi, uning dori turi, vrach tomonidan tayinlangan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddasini qabul qilish va davomiylik muddati ko‘rsatilgan hujjati (davolovchi vrach xulosasi)ni;
  • giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar sotib olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatini (retsept nusxasi);
  • giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni bojxona organlariga ko‘rsatishlari shart.

Agar bemor O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qo‘shimcha sotib olish lozim bo‘lsa, unda ular O‘zbekiston Respublikasida berilgan retsept asosida beriladi.

Retseptlar vrach ko‘rigidan o‘tib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar zaruriyati sabab bo‘lgan kasallik tashxisi tasdiqlangandan keyingina beriladi.

Davlat chegarasida chiqish punktidan o‘tish vaqtida bemorlar:

O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish yoki uning hududida sotib olish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni (vrach xulosasi va retsept nusxasi);

bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning qoldig‘ini bojxona organlariga ko‘rsatadilar.

Normativ hujjatlar

Chat