Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4523 marta o'qildi

Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir. 

Rieltorlik tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilik;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlari savdosini tashkil etish;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish;
  • ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari.

Rieltorlik xizmatlarining turlari

Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi:

  • ko‘chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilik;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish;
  • ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari.

Rieltorlik tashkiloti va rieltorning huquqlari

Rieltorlik tashkiloti va rieltor quyidagi huquqlarga ega:

  • o‘z vakolati doirasida rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish;
  • o‘z rieltorlik xizmatlarini va buyurtmachining ko‘chmas mulk ob’ektlarini reklama qilish;
  • rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlari buyurtmachi tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab etish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda olish.

Chat