Ish beruvchining majburiyatlari
- xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilish;
- xodimga dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish, ta’til berish;
- xodimning mehnatiga haq to‘lash;
- xodimning sog‘ligi va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
- xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratish;
- xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.