Opyerator (provaydyer)ning abonent bilan o‘zaro munosabati yozma (elektron) shaklda tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy yoki yuridik shaxs shartnoma tuzishdan oldin quyidagi axborotlarni olishga haqli:
- asosiy va qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxati;
- xizmatlar narxi, tariflar;
- aloqani tashkil etish va tarmoqdan foydalanish usullari;
- tarmoqqa ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi;
- xizmatlarni taqdim etish qoidalari;
- xizmatning sifatliligi darajasi.
Tarmoq orqali asosan quyidagi xizmat turlari taqdim etiladi:
- internyetdan foydalanish;
- axborot resurslari va tizimlaridan foydalanish;
- elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta);
- IP-adres ajratish va tutib turish;
- xosting xizmatlari.
Abonent (foydalanuvchi) huquqlari
- opyerator (provaydyer) xizmatlaridan foydalanish;
- opyerator (provaydyer)dan majburiyatlari bajarishilini talab qilish;
- shartnomada ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq to‘lashni rad etish;
- opyerator (provaydyer) aybi bilan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
- opyerator (provaydyer) bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish.
- xizmat ko‘rsatish muddati buzilganda, abonent quyidagilarni talab qilishga haqli:
- kamchiliklarni bepul bartaraf etish;
- xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi muddatni belgilash;
- narxni qayta hisoblashni talab qilish.
Opyerator (provaydyer) tomonidan abonentga taqdim etiladigan asosiy ma’lumotlar
- o‘zi haqidagi ma’lumot (nomi, pochta manzili, ish tartibi va telefon raqamlari);
- litsenziya raqami va amal qilish muddati;
- xizmat ko‘rsatish tartibi;
- xizmat ko‘rsatishdagi cheklovlar;
- tarif rejalari;
- xizmatlardagi imtiyoz va chegirmalar;
- pulli va pulsiz xizmatlar ro‘yxati;
- xizmatlarga haq to‘lash muddatlari va shakllari;
- abonentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
- iste’molchilarga axborot beruvchi xizmatning telefon raqamlari (mavjud bo‘lganda).
Quyidagi ma’lumotlar abonentning so‘roviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
- tarmoq orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi;
- tariflar to‘g‘risidagi;
- abonentga uning shaxsiy hisobvarag‘ining holati va qarzdorligi to‘g‘risidagi;
- texnik nosozliklar to‘g‘risidagi.
Opyerator (provaydyer) majburiyatlari
- shartnomada belgilangan muddat va hajmda ishlarni bajarish (xizmat ko‘rsatish);
- xizmatlarning sifatini ta’minlash;
- xizmat ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida – o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin axborot taqdim etish;
- shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qayta hisob-kitob qilish;
- abonent (foydalanuvchi)ga ta’mirlash-profilaktika ishlari to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish;
- xizmatlar uzluksiz va kecha-kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash;
- abonentning hisob varag‘i joriy holati to‘g‘risida unga batafsil axborot taqdim etish;
- axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
- abonentlarning og‘zaki murojaatlarini darhol, yozma yoki elektron murojaatlari kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqish;
- tarmoqdan foydalanish qoidalariga rioya etish yuzasidan har oyda 1-marta eslatma xabarini berish.
Abonent (foydalanuvchi) majburiyatlari
- to‘lovni vaqtida amalga oshirish;
- opyerator (provaydyer)ni nosozliklar yoki o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish;
- opyerator (provaydyer)ga yetkazilgan zararni qoplash;
- GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga o‘xshash vositalardan foydalanish niyati bo‘lganda, bu haqda opyerator (provaydyer)ni ogohlantirish.
Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
- O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumiga tahdid soluvchi, shuningdek pornografiyani targ‘ib qiluvchi va boshqa taqiqlangan axborotni tarqatmaslik;
- fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotni tarqatmaslik;
- tarqatilishi taqiqlangan axborotlardan foydalanmaslik;
- tarmoqdan foydalana olish atributlarini boshqa shaxslarga bermaslik (ko‘paytirmaslik);
- tarkibiga kompьyutyer viruslari yoki zararli axborotni olgan ma’lumot yoxud dasturiy ta’minotni e’lon qilmaslik va uzatmaslik;
- mualliflik huquqlarini buzmaslik.
Intyernyet provaydyerlariga berilgan litsenziyalar reyestri bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
Opyerator (provaydyer) tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatilsa:
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
- Aloqa inspeksiyasiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting.