Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8510 marta o'qildi

Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlar belgilangan normativ hujjatdir.

Jamoa kelishuvida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin
  • mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari va uni muhofaza qilish, mehnat va dam olish tartibi;
  • narxlarning o‘zgarib borishiga, inflyatsiya darajasiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
  • eng kam miqdori qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar;
  • xodimlarning ishga joylashishiga, ularni qayta o‘qitishga ko‘maklashish;
  • ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
  • xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlar (shu jumladan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar) uchun qo‘shimcha ish joylari tashkil etuvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlar;
  • ijtimoiy sheriklik hamda 3 taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar.

Jamoa kelishuvining amal qilish doirasi
  • Jamoa kelishuvi vakolatli organlari shu kelishuvni tuzgan xodimlarga va ish beruvchilarga qo‘llaniladi.
  • Uch taraflama kelishuv tuzilgan taqdirda, jamoa kelishuvi ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organiga ham qo‘llaniladi.

Jamoa kelishuvining amal qilish muddati taraflar tomonidan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

Chat